"Chelsi" va Antonio Konte shartnomani uzaytirmoqchi
Tolibjon Qosimov
10 may 2017, 13:26
"The Telegraph" nashrining ma'lum qilishicha, "Chelsi" rahbariyati italiyalik mutaxassis Antonio Kontening bosh murabbiylikdagi ishidan mamnun.
Yakunda, Kontega maoshi ko'paytirilgan yangi shartnoma taklif qilishmoqchi. Shuning bilan birga, murabbiy o'ziga yordamchi tanlash huquqiga ham ega bo'ladi. Sababi, ayni paytdagi yordamchi murabbiy Stiv Xolland Angliya terma jamoasiga ketadi.