"Chelsi" tez orada Maunt bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaydi

Alisher
17 fev 2022, 16:33
Londonning "Chelsi" klubi tez orada yarim himoyachi Meyson Maunt bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klub tez orada angliyalik bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Mauntning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Maunt joriy mavsum APL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano