“Chelsi” sobiq a'zosi: “Azar “Real”ga ortiqcha vazn bilan kelgandi, u hech qachon professional bo'lmagan”

Eldor Akmurzayev
29 apr 2021, 20:08
“Aristokratlar” sobiq yarim himoyachisi Demen Daff “Real” vingeri Eden Azar haqida fikr bildirdi.

“Azar 30 yoshda, unga aniqlik yetishmaydi, endi u tezkor driblingchi ham emas. Barchamizga ma'lumki, 30 yoshdan keyin futbolchilarda pasayish boshlanadi.

U hech qachon top darajadagi professional bo'lmagan, Messi va Ronalduda bo'lgan xohish unda yo'q. Agar bu Azarda bo'lganda, unda fikrimcha, uni yuqoridagi ikki futbolchi bilan bir qatorga qo'ygan bo'lardik.

Azar “Real”ning mavsumoldi yig'iniga ortiqcha vazn bilan kelgandi, garchand uning transferi uchun 160 mln evro sarflangan bo'lsa-da, unda “galaktiko” maqomi bor edi. Semiz. Buni istaganingizcha aytishingiz mumkin.

U haqida xavotirlanishingiz mumkin, chunki u 11 marta jarohatlandi va 2 yil deyarli o'ynamadi. 11 jarohatdan keyin qaytish uchun esa intilish bo'lishi kerak, haqiqiy professional bo'lish lozim.

U faoliyati davomida ortiqcha vazn bilan kurashganligini tasdiqlash mumkin. “Real” seni 160 mln.ga sotib olsa, mavsumoldi yig'inga faoliyatingdagi eng yaxshi formada yetib kelishing kerak edi. U esa tatildan qaytdi va ortiqcha vazn bilan yetib keldi

Futbolchilarni tanqid qilishni yomon ko'raman, ammo Azar barcha tanqidlar unga yog'ilishiga o'zi sababchi bo'ldi”, deydi Daff.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca