"Chelsi" Potterni iste'foga chiqarmaydi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2023, 17:47
"Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potter jamoaning qayd etayotgan yomon natijalariga qaramay, London klubida ishlashda davom etadi.

Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Chelsi" rahbariyati Potterning murabbiylik fazilatlariga ishonch bildirmoqda. Qayd etilishicha, ishga joylashish vaqtida murabbiy unga vaqt berilishini kafolatlashni talab qilgan.

Potter 2022 yil sentyabrida Tomas Tuxeldan keyin "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimini egallagandi.

Angliya Kubogi 1/32 finali doirasidagi o'yinda "Chelsi" "Manchester Siti"dan mag'lub bo'ldi (0:4) va turnirdan chiqib ketdi. "Ko'k-anorranglilar" 25 ochko bilan APL turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CBS Sports