

Bu haqida londonliklar klubi rasmiy sayti xabar berdi.
"Men juda baxtliman. Ushbu jamoaning bir bo'lagi bo'lish men uchun sharaf. "Chelsi" safidagi o'yinlarni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Premer-ligada yakunlanmagan ishlarim qolgan. Shuning uchun bu erga qaytish hayajonli va yoqimli", - dedi Obameyang.
Ma'lumot uchun, tomonlar 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolashdi. Bazi manbalar ma'lumotiga ko'ra, transfer "aristokratlar" uchun 14 million evroga tushgan.



