"Chelsi" Obameyangning transferini e'lon qildi

Aziz Tukhtamuradov
2 sen 2022, 07:25
"Barselona" futbolchisi Per-Emerik Obameyang "Chelsi" a'zosiga aylandi.

Bu haqida londonliklar klubi rasmiy sayti xabar berdi. 

"Men juda baxtliman. Ushbu jamoaning bir bo'lagi bo'lish men uchun sharaf. "Chelsi" safidagi o'yinlarni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Premer-ligada yakunlanmagan ishlarim qolgan. Shuning uchun bu erga qaytish hayajonli va yoqimli", - dedi Obameyang. 

Ma'lumot uchun, tomonlar 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolashdi. Bazi manbalar ma'lumotiga ko'ra, transfer "aristokratlar" uchun 14 million evroga tushgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com