

Italiyalik jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, “pensionerlar” futbolchi va klub bilan 2023 yilning yozida amalga oshiriladigan transfer borasida to'liq kelishuvga erishgan.
Avvalroq Nkunku yozda "Chelsi"ga o'tish uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsum Nkunku Germaniya Bundesligasida 11 uchrashuvda 8 ta gol urdi. Futbolchi Chempionlar ligasida ham ikkita gol urdi, ulardan biri kecha “Real” darvozasiga kiritilgan.



