"Chelsi" Musialaning ehtimoliy transferidan kattagina summa ishlab olishi mumkin. Qanday qilib?

Administrator
13 mar 2024, 21:52
Jamol "Chelsi" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Bavariya" klubi futbolchisi Jamal Musiala yozda boshqa klubga transfer qilinadigan bo'lsa, "Chelsi" klubi bu transfyerdan qancha summa ishlab olishi ma'lum bo'ldi.

"Chelsi" klubi Jamal Musialani 2019 yilda atigi 200 ming evro evaziga "Bavariya"ga sotib yuborgandi. Biroq, nemis klubi bilan tuzilgan kelishuvga ko'ra "Chelsi" Musialaning keyingi ehtimoliy transferidan 20% ulush talab qilishi mumkin bo'ladi. 

Qayd etish joizki, ayni damda Jamal Musialaga Angliyaning ikki grand klubi - "Liverpul" va "Manchester Siti" qiziqish bildirishmoqda. Taxminiy transfer qiymati 90 mln evro atrofida baholanmoqda. "Bavariya" Musialani sotadigan bo'lsa, "Chelsi"ga transfer qiymatining 20% qismini taqdim qiladi.

Ma'lumot uchun, Jamal Musiala "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi "Bavariya"da 2019 yildan beri harakat qilib kelmoqda. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Daily Mail