

"Joze Mourinyo bilan har ikkala tomonning o'zaro kelishuvi asosida shartnomani bekor qildik. "Chelsi"dagi barcha Jozega o'z minnatdorchiligini bildiradi. Mourinyo jamoa tarixidagi eng yaxshi murabbiy sanaladi. Joze bilan jamoamiz Angliya chempionatida uch bor g'olib chiqdi, Angliya superkubogi, Angliya liga kubogini uch marotaba qo'lga kiritganmiz. Klub tarixida hali hech bir murabbiy bu kabi katta muvaffaqiyatlarga erishmagan.
Jozening iste'fosiga sabab, jamoaning ushbu mavsumdagi natijalari bo'ldi. Shu boisdan har ikkala taraf uchun ham shartnomani buzish yaxshi variant bo'ldi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, klubimiz Joze Mourinyo bilan hayrlashayotgan bo'lsada o'rtadagi iliq munosabatni saqlab qolamiz. Joze klubimizda doimo hurmatli va sevimli murabbiy bo'lib qoladi. Jozeni "Stemford Bridj" doimo iliq kutib olishga tayyor. Klub rahbariyati endigi e'tiborni hozirgi mavjud tarkibning bor potencialidan unumli foydalanishga qaratadi. Yangi bosh murabbiy tayinlanmagunga qadar bu haqida boshqa izoh bermay turamiz", - deyiladi xabarda.



