"Chelsi" Morata uchun 65 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
26 mar 2017, 17:43
"Chelsi" yozda "Real" hujumchisi Alvaro Moratani xarid qilmoqchi.

London klubi ispaniyalik uchun 65 mln. evro to'lashga tayyor. Bu taklif "Qirollik klubi"ni qiziqtirib qo'yishi mumkin.

Morata klubdagi holatidan norozi va ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun, jamoasini almashtirishi mumkin.

24 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Real" safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS