

Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakunlanish arafasida. Bitim haqida bugun e'lon qilishini mumkin. Transfer narxi 25 million evroni tashkil etishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, gabonlik hujumchi "ko'k-anorranglilar" safiga "Arsenal"dan joriy yilning yanvarida o'tgan edi.
Hujumchi Kataloniya klubi tarkibida barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 1ta assist qayd etdi.



