Chelsi Kuadrado uchun Yuventusdan 30 mln evro so'ramoqda

Aziz Tukhtamuradov
16 iyul 2016, 20:00
Yuventus haliyam kolumbiyalik futbolchi Xuan Kuadradoni sotib olish fikridan voz kechgani yo'q.


Huquqiy jihatdan "Chelsi"ga tegishli bo'lgan futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Yuventus"da o'tkazgandi. Italiya chempionlari futbolchi uchun 22 million evro taklif qildilar. Biroq, "Chelsi" ushbu taklifga rad javobini berdi.

Londonliklar kolumbiyalik futbolchining transferidan 30 million evro ishlab olmoqchilar.

Ta'kidlab o'tish lozimki, futbolchiga shuningdek "Inter" hamda "Milan" kabi jamoalar tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru