"Chelsi" Iskoga 28 mln. evro taklif qildi, ammo "Real" taklifni rad etdi
Aslanov Jasurbek
8 iyul 2015, 15:49
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Real" yarim himoyachisi Isko xizmatlariga qiziqish bildirdi.
Ma'lum bo'lishicha, ingliz klubi "qaymoqranglilar"ga Isko uchun 28 mln. evro taklif qilgan, ammo taklif rad etildi. Mourinyo futbolchini "Yuventus"ga ketishi kutilayotgan Oskarga o'rinbosar sifatida ko'ryapti.