“Chelsi” himoyachisi jamoa bilan yangi shartnoma tuzdi

10 yanv 2018, 01:02
“Chelsi” himoyachisi Andreas Kristensen jamoasi bilan yangi kelishuvga erishdi.

London klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, 21 yoshli daniyalik futbolchi jamoasi bilan 2022 yilning yoziga qadar shartnomasini uzaytirdi.

“Jamoam bilan yangi kelishuvga erishganimdan xursandman. Kelajakda “Chelsi”da to'p tepish yoqimli. Jamoam uchun ko'plab o'yinlarda maydonga tushdim va bu yerda to'p tepish menga maqul”, deydi Kristensen.

Joriy mavsumda Kristensen “Chelsi” tarkibida 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi (13 ta o'yini asosiy tarkibda boshladi). Himoyachi 2012 yili jamoa o'rinbosarlari safida, 2014 yildan esa asosiy tarkibda harakat qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Челси" ФК расмий сайти