"Chelsi" himoyachi sotib olmoqda

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2017, 10:43
"Chelsi" "Real" himoyachisi Danilo bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Oldinroq, "Yuventus" va "Real" 26 yoshli braziliyalik borasida kelishib olgani e'lon qilingandi, transfer esa 20 mln. evro evaziga amalga oshishi kerak edi, biroq Danilo uchun kurashda ko'klar yetakchiga aylanib olishdi.

"Real" himoyachisi 2015 yil "Portu"dan "Qirollik klubi"ga kelib qo'shilgan. "Qaymoqranglilar" u uchun 31,5 mln. evro to'lagan, biroq Danilo ishonchni oqlamadi. So'nggi mavsum natijalariga ko'ra, futbolchi LaLiganing 17 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Danilo va ispan grandi o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozigacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: GloboEsporte