"Chelsi" ertaga Pochettinoga taklif bilan chiqadi, Lempard mavsum yakunigacha ishlaydi

Mirjalol Normatov
28 apr 2023, 23:19
Frenk Lempard ushbu mavsum yakuniga qadar "Chelsi"da qoladi.

"The Times" xabariga ko'ra, London klubi 51 yoshli mutaxassisga ertaga taklif jo'natadi va shu kunning o'zida Los-Anjelesda muzokaralar bo'lib o'tadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, garchi juda yomon natijalar qayd etayotgan bo'lsa-da, Frenk Lempard mavsum yakuniga qadar "Chelsi" bosh murabbiyligida qoladi.

Ayni damda londonliklar APL turnir jadvalida 39 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times