"Chelsi" darvozaboni klubdan ketmoqchi

Sherzod Nurmatov
29 fev 2020, 23:08
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga yozgi transfer oynasida London jamoasini tark etishga qaror qildi.

Xabarlarga qaraganda ispaniyalik futbolchi "Chelsi" bosh murabbiyi qiyin damlarda uni qo'llab-quvvatlamaganidan xafa. Shuningdek, murabbiy uni asosiy darvozabon bo'lishiga vada bergan, ammo bajarmagan. 

"Ko'klar" Kepa uchun 80 million evro to'lagan va u bilan 2025 yilning yozigacha shartnoma tuzgandi.

Arrisabalaga bu mavsumda APLda 24 o'yinda qatnashdi va 32 ta gol o'tkazib yubordi.  



O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: thesun.co.uk