"Chelsi" Chiluell bilan shartnoma imzolashga tayyor

Alisher
15 avg 2020, 17:16
"Lester" himoyachisi Ben Chiluell "Chelsi"ga o'tishga yaqin.

The Times'ning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar angliyalik futbolchining transfer narxi borasidagi muzokaralarda muvaffaqiyatga erishganlar.

Oldinroq "Lester" 23 yoshli o'yinchini 80 million funtga baholagan edi.

Eslatib o'tamiz, "Lester" tarbiyalanuvchisi 2018 yildan beri Angliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times