"Chelsi" Akeni ortga qaytarmoqchi

8 dek 2019, 22:39
Gollandiyalik futbolchi sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.

"Bornmut" himoyachisi Natan Ake londonning "Chelsi" klubiga qaytishga yaqin. Ma'lumotlarga qaraganda, "ko'klar" rahbariyati gollandiyalik himoyachining transferi uchun miqdori 40 million funtga teng taklif yuborishni rejalashtirmoqda. Mazkur xarid qishki transfer mavsumida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Natan Ake 2012-17 yillarda "Chelsi" futbolchisi hisoblangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun