Chaloba "Chelsi"ni tark etmaydi. U Pochettino qo'l ostidagi jamoadan joy olmoqchi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2023, 19:18
"Chelsi" himoyachisi Trevor Chaloba "Chelsi"da qolib, yangi bosh murabbiy Maurisio Pochettino qo'l ostidagi o'rin uchun kurashmoqchi, deb xabar berdi "The Athletic".

23 yoshli angliyalik futbolchiga "Inter" qiziqish bildirmoqda, biroq u faoliyatini London klubida davom ettirishni kutmoqda.

Chalobaning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsum u barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic