"ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018. 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar uchun ertaga final

Xayrulla Xoliqov
18 avg 2018, 16:43
Toshkentda davom etayotgan “ChaCha Mustaqillik kubogi“-2018 musobaqasida ishtirok etayotgan 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar bugun yarim final o'yinlarini o'tkazishdi.

Musobaqaning yarim finalidan o'rnin olgan har bir bahs o'ziga yarasha qiziq kechdi. Yarim finalning dastlabki o'yinida “Odil Junior” "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib bordi va “Odil Junior“ o'z raqibini 4:0 hisobida taslim etdi.

Ikkinchi yarim finalda esa "Paxtakor" BO'SM-16 bilan uchrashuvda yosh "sherlar" o'z tengqo'rlarini 2:0 hisobida taslim etishdi. Endi ertaga bo'lib o'tadigan final o'yinida "Odil Junior" "Paxtakor" bilan kuch sinashadi.

Ma'lumki, "ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018 musobaqasi O'FA, “Odil Junior“ bolalar futbol maktabi, TFA, “Shampionat.asia” sayti hamkorligida o'tkazilmoqda va musobaqaning bosh homiysi “ChaCha“ savdo belgisi hisoblanadi.

"ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018. 2006 yilda tug'ilganlar

1/2 final. 18 avgust. “Bunyodkor“ stadioni
Lokomotiv - "Odil Junior" 0:4
Paxtakor - BO'SM-16 2:0

3-o'rin uchun bahs. 19 avgust
Lokomotiv- BO'SM-16

Final. 19 avgust
"Odil Junior"- "Paxtakor"

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia