“CAFA U-16 championship” musobaqasining guruh bosqich taqvimi ma'lum

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2018, 16:19
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 3-10 iyul kunlari poytaxtimiz tarixda birinchi marta mintaqa chempionatiga mezbonlik qilishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ushbu musobaqada O'zbekiston, Tojikiston, Afg'oniston va Qirg'iziston terma jamoalari ishtirok etishadi.

Bugun O'FAning anjumanlar zalida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi ishtirokida ushbu mintaqaviy musobaqaga tayyorgarlik munosabati bilan qo'shma yig'ilish bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilish davomida O'FA hamda MOFA rahbariyati tomonidan musobaqaning tashkiliy ishlarini amalga oshirish tartiblari muhokama qilinib, xodimlarga mehmon ishtirokchilarni kutib olish, mehmonxonlarga joylashtirish, tarjimonlarni biriktirish, mashg'ulotlar tashkil qilish masalalari hamda shunga o'xshash ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi, mas'ul shaxslar biriktirildi.

Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan ushbu musobaqani yuqori saviyada, ko'tarinki ruhda o'tkazish va musobaqa ishtirokchilari va muxlislar ushbu musobaqadan katta zavq olishlarini taminlash zarurligi takidlandi.

“CAFA U-16 championship” musobaqasining guruh bosqich taqvimi:

05.07.2018 17:00 Afg'oniston – O'zbekiston (“Milliy” stadioni)
05.07.2018 20:00 Qirg'iziston – Tojikiston (“Milliy” stadioni)

07.07.2018 17:00 O'zbekiston – Qirg'iziston (“Milliy” stadioni)
07.07.2018 20:00 Tojikiston – Afg'oniston (“Milliy” stadioni)

09.07.2018 16:45 Tojikiston – O'zbekiston (“Lokomotiv” stadioni)
09.07.2018 20:30 Afg'oniston - Qirg'iziston (“Lokomotiv” stadioni)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com