CAFA musobaqalarini yoritishda faollik ko'rsatgan bir guruh OAV xodimlari taqdirlanishdi

Narzulla Saydullayev
24 okt 2018, 15:09
Xabaringiz bor, shu yilning iyul oyida poytaxtimizda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasiga (CAFA) a'zo mamlakatlarning U-16 va U-15 terma jamoalari o'rtasida xalqaro musobaqa bo'lib o'tgandi.

Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida mazkur musobaqani yoritishda faol bo'lgan bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Marosimda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, tashkilot Bosh kotibi Sanjar Rizaev va OAV xodimlari qatnashishdi.

Umid Ahmadjonov musobaqalarni yoritishda jonbozlik ko'rsatgan OAV xodimlariga minnatdorchilik bildirib, ularga tashkilot nomidan tashakkurnoma va sovg'alar topshirdi.

"MOFA va O'FA tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, musobaqalar borasida fikr-mulohazalar, takliflar bo'lsa ularni tinglashga hamisha tayyormiz. Birgalikda o'zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqamiz. Buning uchun Sizlar bilan bir tanu bir jon bo'lib harakat qilishimiz kerak", - dedi Umid Ahmadjonov.

Shuningdek, MOFA prezidenti kelgusi musobaqalarda ham jurnalistlardan ana shunday faollik kutib qolishini ta'kidlab o'tdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz