"Buxoro"ning g'alabasiz seriyasi 11ta o'yin bo'ldi

Narzulla Saydullayev
9 may 2015, 20:15
Bugun oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Buxoro" o'yini bo'lib o'tdi.
Muborakdagi bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. Shu tariqa, "Buxoro"ning g'alabasiz seriyasi 11ta o'yinga etdi. Jamoa o'tgan yilgi mavsumning oxirgi 3ta uchrashuvida 1ta mag'lubiyat va 2ta durang qayd etgandi. Bu yil esa dastlabki 8 o'yinda 2ta durang va 6ta mag'lubiyat kuzatildi.

Ma'lumot uchun, "Buxoro" keyingi turni o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia