"Buxoro" va "Andijon" Tojikistonda yig'in o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2023, 14:54
Jamoalar yozgi tanaffusga yo'l olishdi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, tanaffus vaqtida "Buxoro" va "Andijon" qo'shni mamlakat Tojikistonda yig'in olib boradi.

"Buxoro" 7-18 iyul kunlari Tojikistonda bo'ladi. Klub yig'in doirasida 2 ta o'rtoqlik bahsida – 10 iyul "Xo'jand" bilan, 13 iyul kuni "Ravshan" bilan bahs yuritadi.

"Andijon" esa 12 iyulda "Esxata", 16 iyulda "Ravshan", 20 iyulda "Xo'jand" kabi mahalliy jamoalarga qarshi bahslarda maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia