"Buxoro" "Navbahor" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2017, 13:29
Bugun “Buxoro” navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Bu safargi sparring-raqibimiz Namanganning “Navbahor” jamoasi bo'ldi. Ushbu uchrashuvda har ikkala jamoa ham asosiy tarkib futbolchilarini sinovdan o'tkazishdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida “Buxoro”ning ukrainalik himoyachisi Vladimir Baenko boshi bilan darvozani ishg'ol etib hisobni ochdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Ro'zimboy Axmedov penaltidan hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

“Buxoro”: Muxiddin Xudoyorov, Vladimir Baenko, Mirjalol Jumaev, Ergash Ismoilov, Elbek Ravshanov, Robbim Hasanov, Suxrob Nematov, Sanat Shixov, Zohir Pirimov, Alisher Shog'ulomov, Bahriddin Vaxobov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Erkin Jabborov, Bobir Amonov, Ravshan Yangiev, Mirfayz Muxiddinov, Nozim Umurov, Elshod Dilmurodov, Javohir Qahramonov.

P.S: “Navbahor” tarkibini Namangan klubi matbuot xizmati taqdim etadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com