"Buxoro": Muxlislar bilan uchrashuv tashkil etadi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2017, 22:17
Yangi mavsum boshlanishiga tobora oz fursat qolmoqda. "Buxoro" jamoasi ananaviy tarzda yangi mavsum boshlanishidan oldin o'z muxlislari bilan uchrashuv tashkil qilishmoqda.

Futbolchilarni taqdimot marosimi Buxoro shahridagi  700 kishiga mo'ljallangan “Viloyat musiqa va drama teatri”da (mo'ljal: amfiteatr, otchopar) bo'lib o'tadi. Tadbir 1mart chorshanba, soat 15:00da boshlanadi.

“Buxoro” PFK jamoaning ajaddiy va jonkuyar muxlislarini ushbu taqdimot marosimiga taklif etadi. Viloyatimizda va Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan barcha jurnalistlarni, xususan televidenie, radio, gazeta va internet nashrlarida faoliyat yuritib kelayotgan ommaviy axbarot vositalarini ham ushbu tadbirga taklif etamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com