"Buxoro" legioneri shartnomani bekor qildi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2018, 17:53
"Buxoro"ning qozog'istonlik 24 yoshli himoyachisi Kirill Pasichnik klubni tark etdi.

Bu haqda futbolchining o'zi sports.kz saytiga ma'lum qildi.


"Buxoro" bilan shartnomani bekor qildim. Qozog'istonga qaytishni istayman", - deydi Pasichnik.


2017 yilgi oliy ligada futbolchi buxoroliklar safida 15ta o'yin o'tkazib 1ta gol urdi. Ma'lumot uchun, "Buxoro" klubi 4 yanvar kuni Toshkentda yig'inni boshlashadi.  




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia