

Muxlislarga yaxshi ma'lumki, qozog'istonlik legioner birinchi davrada o'zidan yomon taassurot qoldirgani yo'q. Shu bois murabbiylar ikkinchi davrada ham 23 yoshli himoyachining xizmatidan foydalanmoqchi. Eslatib o'tamiz, Kirill birinchi davrada Buxoro safida 12ta o'yinda (1080 daqiqa) maydonga tushib, o'z hisobiga 1ta gol yozdirib qo'yishga erishdi.
Buxoro matbuot xizmati.




