"Buxoro" klubi bosh direktor bilan shartnomani bekor qildi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2023
"Buxoro" klubi Yagona tasischisi 2023 yil 23 noyabr kuni bosh direktorga oid qaror qabul qildi.

Shu kunga qadar klub bosh direktori sifatida ishlab kelayotgan Qodirov O'tkir Olimovichning mehnat shartnomasi uning o'z arizasiga asosan 2023 yilning 23 noyabridan e'tiboran bekor qilindi. Yagona tasischi qarori bilan bosh direktor o'rinbosari Najmiddinov Amrilloxon Abdullaevich zimmasiga bosh direktor vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz