

Shu kunga qadar klub bosh direktori sifatida ishlab kelayotgan Qodirov O'tkir Olimovichning mehnat shartnomasi uning o'z arizasiga asosan 2023 yilning 23 noyabridan e'tiboran bekor qilindi. Yagona tasischi qarori bilan bosh direktor o'rinbosari Najmiddinov Amrilloxon Abdullaevich zimmasiga bosh direktor vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.



