"Buxoro" bugun Turkiyaga yo'l oladi

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2023
Toshkent vaqti bilan soat 15:50 da jamoa delegaciyasi Buxoro xalqaro aeroportidan Toshkent-Antaliya yo'nalishi bo'ylab charter reysda parvoz qiladi.

Ikki hafta davomida yani 24-yanvardan to 7-fevral sanasiga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyogarlik olib boradigan "Buxoro" yig'in doirasida beshta nazorat o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo'lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma'lumot beramiz.

"Buxoro" Antaliyada "Tui Magic Life Jacaranda" mehmonxonasida joylashadi va ertadan mashg'ulotlarga kirishadi.

Antaliya yig'iniga yo'l oladigan tarkib quyidagicha:

Murabbiylar shtabi va rahbariyat

Bosh direktor: O'tkir Qodirov

Bosh murabbiy: Hakim Fuzaylov

Katta murabbiy: Aleksandr Ejov

Yordamchi murabbiy: Akmal Xolmatov

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Suxrob Qobilov

Darvozabonlar murabbiyi: Aleksandr Kit

Jamoa mamuri: Nozim Umurov

Shifokor: Baxtiyor Xamraev

Massajchi: Jo'rabek Rajabov

Darvozabonlar: Nikola Stoshich, Sardor Kobiljonov, Akobir Qayumov

Himoyachilar: Obid Jo'raboev, Abbos Otaxonov, Ixtiyor Toshpulatov, Abduxoliq Qurbonov, Farruh Ibragimov, Asiljon Begimqulov, Mirjalol Jumaev, Jasur Hasanov, Jamoliddin Ubaydullaev, Ruslan Koraev

Yarim himoyachilar: Humoyunmirzo Iminov, Jasur Azimov, Dilshod Jo'raev, Fayzullobek Jumanqo'ziev, Rustam Abduhamidov, Temur Ismoilov, Siroj Meliev

Hujumchilar: Ro'zimboy Ahmedov, Aleksandr Kasyan

Avvalroq "Buxoro" bir qator futbolchilarni safiga qo'shib olgani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати