"Buxoro": Bugun mashg'ulotlar davom ettiriladi

Tolibjon Qosimov
5 yanv 2015, 13:15
Mana, yangi 2015 yil ham kirib keldi.
Barchani yangi yil bilan tabriklaymiz!

"Buxoro" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini bugun boshlab yubordi. Jamoa a'zolari bugun ertalab klub qarorgohida yig'ilishdi va dastlabki mashg'ulotni o'tkazishdi.
Jamoamizning dastlabki bosqich yig'ini 15-dekabrdan 28-dekabrga qadar davom etdi. Ushbu yig'inda asosan mahalliy futbolchilar ishtirok etishdi. Ikki hafta davom etgan yig'in chog'ida "Buxoro" bir marotaba nazorat-sinov uchrashuvida ishtirok etdi. Navoiy shahrida tashkillashtirilgan "Qizilqum"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jamoamiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Buxoro"ning yagona goliga Suxrob Nematov mualliflik qildi.
Ikkinchi yig'in ham Buxoro shahrida o'tkaziladi. 5-yanvardan 15-yanvarga qadar jamoa a'zolari o'z qarorgohlarida shug'ullanishadi va shundan so'ng mashg'ulotlar poytaxtda dovom ettiriladi. Toshkentdagi yig'in 18-yanvardan boshlanishi rejalashtirilgan.

Jamoani rasman tark etganlar haqida yaqin kunlar ichida, rasmiy xabar beramiz.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfcbuxoro.com