“Buxoro” 15 iyuldan Toshkentda yig'in boshlaydi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2013, 11:23
Oliy liganing dastlabki davrasini 19 ochko bilan 7-o'rinda tugatgan “Buxoro” klubi ikkinchi davraga tayyorgarlikni 15 iyul kuni boshlaydi.
Tachmurad Agamurodov shogirdlari shu kuni Toshkentda yig'ilishadi. Bu yig'in davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.

Yozda klubga yangi futbolchilar kelishi kutilmoqda. Bu borada yig'in boshlangach aniq xabarlar paydo bo'ladi.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia