Buskets va Robertoning agenti futbolchilarning "Barsa"dan ketishi mumkinligi borasida savolga javob berdi

Alisher
19 avg 2020, 17:37
"Barselona" o'yinchilari Serji Buskets va Serji Robertolarning agenti Xosep Mariya Orobitg klubning futbolchilar borasidagi ehtimoliy rejalaridan xabari yo'qligini aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, "Barselona" rahbariyatidan hech kim unga Buskets va Robertolarning transferga qo'yilishi haqida aytmagan.

Orobitgning fikricha, ikki o'yinchi ham kelasi mavsumda kataloniyaliklar safida ishtirokini davom ettiradi.

Robertoning shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar, Busketsning bitimi esa 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cadena Cope