Buskets mavsum rekordini o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
22 fev 2018, 13:58
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets "Chelsi"ga qarshi bahsda 139ta uzatma berdi.

Bu paslarning 92% aniq bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich "Barselona" uchun joriy mavsumdagi rekord natija hisoblanadi.

Avvalgi eng yaxshi ko'rsatkich "Olimpiakos"ga qarshi bahsda qayd etilgan. O'sha uchrashuvda Paulino 114ta pas bergan va ularning 111tasi o'z manziliga yetib borgan.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" bilan o'yinda "Barselona" umumiy vaqtning 70%da to'pga egalik qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com