Birinchi davra bahslaridan keyin “Bunyodkor”ning asosiy jamoasi ro'yxatida bo'lgan etti nafar futbolchi boshqa jamoalarga o'tishdi.
Ispaniyalik Karles Koto va ukrainalik Sergey Simonenko bilan tuzilgan shartnoma ikki tomonlama bekor qilinib, futbolchilar o'z yurtlariga qaytib ketishdi. Sahob Jo'raev va Bahodir Pardaevning boshqa jamoada o'z omadini sinab ko'rishiga “Bunyodkor” FK qarshilik bildirgani yo'q va ularga ruxsat berildi. Markaziy himoyachi Bobirjon Akbarov ikkinchi davrani ijara asosida “Navbahor” safida o'tkazadigan bo'ldi. Shuningdek, asosan yoshlar ligasida harakat qilishgan Sanjar Qodirqulov va Jahongir Xo'jamov “Bunyodkor-2” jamoasiga o'tishdi.
Davralar oralig'ida “Bunyodkor” FK safini to'ldirgan futbolchilar haqida keyinroq ma'lumot berib o'tamiz. Chunki O'zPFLning transfer oynasi 10 avgustgacha ochiq va unga qadar o'zgarishlar bo'lishi mumkin.