"Bunyodkor"ga legionerlar oqimi davom etmoqda. Klub chernogoriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
11 yanv 2025, 13:59
"Bunyodkor" qishki transferlar oynasida tarkibiga yangi nomlarni jalb qilmoqda.

"Qaldirg'ochlar" safiga chernogoriyalik yarim himoyachi Marko Bugarin kelib qo'shildi. 1999 yilda tug'ilgan, 1,98 metr bo'yga ega futbolchi Chernogoriya Birinchi ligasi vakili "FK Otrant-Olimpik" jamoasidan jalb qilindi. Bugarin bundan tashqari "Mladost", "Spartak", "Edinstvo",  "Mornar Bar", "Bokel" jamoalarida to'p tepgan. 

Transfermarket portali uning narxini 125 ming evroga baholagan. Avvalroq "Bunyodkor" ikki nafar gruziyalik legionerlar bilan shartnoma imzolagan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia