Rasman: "Bunyodkor" gruziyalik futbolchilar transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2025, 15:03
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoa safiga gruziyalik "qaldirg'ochlar" kelib qo'shildi.

Gruziyaning milliy va turli yoshdagi terma jamoalari safida to'p tepgan Nikoloz Mali hamda so'nggi mavsumni qo'shni Qozog'istonda o'tkazgan Imeda Ashortia 2025 yilgi mavsum "Bunyodkor" libosini kiyadi.

NIKOLOZ MALI

Tug'ilgan sanasi: 27.01.1999

Fuqaroligi: Gruziya

Ampluasi: himoyachi

Bo'yi: 174 sm. Vazni: 72 kg

So'nggi jamoasi: "Dinamo" Batumi (Gruziya)

Gruziya U-18, U-19, U-21 va milliy terma jamoasida to'p tepgan.


IMEDA ASHORTIA

Tug'ilgan sanasi: 30.10.1996

Fuqaroligi: Gruziya

Ampluasi: hujumchi

Bo'yi: 183 sm. Vazni: 75 kg

Oxirgi jamoasi: "Shaxtyor" Qarag'anda (Qozog'iston)

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати