“Bunyodkor” yoshlari ketma-ket ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazishdi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2013, 10:43
Yoshlar ligasida birinchi davra g'olibi bo'lgan bunyodkorchilar mavsumning ikkinchi qismiga ham puxta xozirlik ko'rishmoqda.
So'nggi to'rt kun ichida yosh “qaldirg'ochlar” Zarafshonning “Qizilqum” (asosiy) va Farg'onaning “Neftchi” (yoshlar) jamoalari bilan ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazishdi. Shuni qo'shimcha qilish kerakki, har ikkala bahsda ham bunyodkorchilar tarkib jihatdan bir qator muammolarga duch kelishdi. Jamoamizning besh nafar yetakchisi yoshlar terma jamoasi yig'inida ishtirok etishgan bo'lsa, bir nechta futbolchilar oliy talim muassasalariga xujjat va imtihon topshirish bilan band bo'ldilar. Shuningdek, yana bazi futbolchilar oliy liga klublari yig'inlarida ishtirok etishayotgandi.

Shu boisdan ham yoshlarimiz murabbiylari jamoamiz ko'rigida bo'lgan va zaxirada o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilar xizmatidan foydalanishdi. “Qiziltog'”da zarafshonliklarga qarshi kechgan bahsda Rustam Zabirov shogirdlari 5:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Dushanba kuni “Bunyodkor” futbol maktabi maydonida “Neftchi” yoshlari bilan o'tgan o'yinda farg'onaliklar 4:2 hisobida ustun kelishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com