"Bunyodkor" yarim himoyachisi "Metallurg"ga ijaraga berildi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2018, 16:32
Mavsumning ikkinchi qismiga astoydil hozirlik ko'rayotgan bekobodliklar shu bilan birga tarkibni yanada kuchaytirishga xarakat qilmoqda.

Xususan “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov yaqinda jamoa bilan xayrlashib, “So'g'diyona”ga ko'chib o'tgan Javohir Sohibov o'rniga “Bunyodkor”dan Davron Umirovni qo'shib oldi.

“Qaldirg'ochlar” ushbu markaziy yarim himoyachisini Bekobod jamoasiga mavsum so'nggiga qadar ijaraga berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia