"Bunyodkor" yangi darvozabon oldi

Ertaga “Bunyodkor” jamoasi O'zbekiston kubogi 1/4 final doirasidagi javob uchrashuvida “Neftchi”ga qarshi maydonga tushadi.


Birozdan so'ng davralar oralig'ida “qaldirg'ochlar” safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, “Bunyodkor” rahbariyati darvozabon Suhrob Sultonov, himoyachi Islom Qobilov (ikkisi ham “Metallurg”dan), yarim himoyachi Shohrux Gadoev (“Buxoro”), hujumchi Vohid Shodiev (“Qizilqum”), himoyachi Anvar G'ofurov, hujumchi Shohruz Norxonov (ikkisi ham “Obod”), yarim himoyachi Sardor Sobirxo'jaev (“Sho'rtan”) bilan shartnoma imzoladi. Tadbir doirasida nomlari tilga olingan yangi futbolchilarga futbolkalarni topshirish marosimi ham o'tkaziladi. Unga ko'ra, Suhrob Sultonov 32, Islom Qobilov 3, Shohrux Gadoev 22, Vohid Shodiev 14, Anvar G'ofurov 6, Shohruz Norxonov 77, Sardor Sobirxo'jaev esa 18-raqamli futbolkani qabul qilib oladi.



Manba: championat.asia