"Bunyodkor" Xolmuhammedov, Murtozaev va Abduraimovni yil oxirigacha ijaraga oldi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2020, 19:30
Bu haqda Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida ma'lum qildi.

"Bunyodkor" "Mashal"ga tegishli bo'lgan Humoyun Murtozaev va Sardor Abduraimovni, "Qo'qon-1912"ga tegishli bo'lgan Murod Xolmuhammedovni 2020 yil dekabr oyiga qadar ijaraga oldi.

Bundan tashqari klub besh nafar yangi futbolchi bilan yil oxirigacha shartnoma tuzdi, - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev o'z kanalida.


Ijaradagi futbolchilar:

Sardor Abduraimov (2020, dekabr) "Mashal"
Murod Xolmuhamedov (2020, dekabr) "Qo'qon-1912"
Humoyun Murtazoev (2020, dekabr) "Mashal"

Yangi futbolchilar:


Davronjon Ergashev (2020, dekabr) Tojikiston
G'ulom-Haydar G'ulomov (2020, dekabr) AGMK
Bahodir Pardaev (2020, dekabr) "Metallurg"
Sarvar Karimov (2020, dekabr) "Qo'qon-1912"
Selim Nurmuradov (2020, dekabr) Turkmaniston

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia