"Bunyodkor" vaqtincha murabbiy qo'lostida mashg'ulotlarni boshladi FOTO

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2019, 16:25
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi kecha, 3 yanvardan boshlab 2019 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Dastlabki kunda mashg'ulotlarga kirishishdan avval "Bunyodkor" qarorgohida yig'ilgan futbolchilar bilan klub rahbariyati yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishda o'tgan mavsumda klubda faoliyat olib borgan Mirjalol Qosimov AGMKga o'tganligi va bosh murabbiy masalasiga tez orada aniqlik kiritilishi sababli  hozircha futbolchilar bilan Shuhrat Maqsudov ish olib borishi takidlandi.

Kechagi mashg'ulotlarda asosan engil yugurish mashqlari bajarildi. O'tgan mavsumda boshqa klublarga ijaraga berilgan futbolchilar ham klub ixtiyoriga qaytib kelishgan mashg'ulotda ishtirok etishdi.

Quyida "qaldirg'ochlar"ning kechagi mashg'ulotidan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia