“Bunyodkor” stadioniga kirish tartibi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2014, 13:32
18 oktyabr, shanba kuni “Bunyodkor” stadionida oliy liga 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “So'g'diyona” bahsi bo'lib o'tadi.
“Bunyodkor” stadioni mamuriyati “Bunyodkor” – “So'g'diyona” uchrashuviga kirish tartibini eslatib o'tadi.

“Bunyodkor” – “So'g'diyona” uchrashuviga kirish huquqini beruvchi chiptalarni “Bunyodkor” stadionining G'ofur G'ulom bog'i qarshisidagi CHIPTAXONAdan xarid qilishingiz mumkin. Chiptalar maxsus shtrix kodli bo'lib, Siz buyurtma bergan joy asosida shu zahotiyoq chop etib beriladi.

Muxlislar stadion xududiga 3-KIRISH va 4-KIRISH darvozalaridan maxsus turniketlar orqali kirib kelishlari mumkin. O'zPFLning beyjiklarga ega bo'lgan mas'ul shaxslar va “Bunyodkor” FK matbuot xizmatidan akkreditatsiyadan o'tgan jurnalistlar esa 5-VIP KIRISH darvozasi orqali stadion xududiga kirishadi. Shuningdek, “Bunyodkor” muxlislar klubi a'zolari ham 5-VIP KIRISH yo'lakchasidan stadionga kiritiladilar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com