"Bunyodkor" Sergey Lushan iste'foga chiqqanini tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2015, 11:29
Farg'ona shahrida o'tgan “Neftchi”ga qarshi uchrashuvdan so'ng “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi Sergey Lushan iste'fo berdi.

Klub rahbariyati uning arizasini ko'rib chiqdi va iste'fo borasidagi murojaatni qabul qildi. Shuningdek, sobiq bosh murabbiyga klubda olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirildi. Ayniqsa, Sergey Ivanovichning asosiy jamoaga bir necha yoshlarni jalb etgani va ularning mahoratini oshirishda katta hissa qo'shganligi, qolaversa turli yoshdagi terma jamoalarga qanchadan-qancha nomzodlarni yetishtirib berganligi alohida etirof etildi.

“Bunyodkor” FK rahbariyati Sergey Lushanni uning avvalgi lavozimi – “Bunyodkor” futbol maktabi direktorligiga qaytarishni maqul topdi.

Sergey Ivanovich “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi sifatida 2014 yilning 3 iyunidan 2015 yilning 22 sentyabriga qadar faoliyat yuritdi. Shu vaqt oralig'ida u “qaldirg'ochlar”ga 56ta uchrashuvda ustozlik qildi. Shularning 31tasida g'alaba, 9ta bahsda durang va 16ta uchrashuvda mag'lubiyat qayd etildi. To'plar farqi 77-44, “Bunyodkor” foydasiga. Uning boshchiligida “qaldirg'ochlar” ikki bor mamlakat kubogi finaliga yo'llanma olishdi.

Ishonamizki, Sergey Lushan yana yangidan-yangi yosh futbolchilarni nafaqt bizning jamoamizga, balki butun o'zbek futboliga yetishtirishda davom etamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com