“Bunyodkor” “Qo'qon-1912”ning serbiyalik hujumchisiga qiziqish bildiryapti

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2018, 23:44
Boshqa yetakchi jamoalarga qaraganda transfer bozorida sust harakat qilayotgan “Bunyodkor” o'z safiga serbiyalik hujumchini qo'shib olishi mumkin.

“Qaldirg'ochlar” Qo'qonning “Qo'qon‑1912”jamoasi hujumchisi Filip Rayevacga qiziqish bildirishyapti. Hozirda futbolchi Serbiyada xordiq chiqarmoqda va tez orada qo'qonliklar mashg'ulotiga kelib qo'shilishi kerak. 

“Qo'qon-1912” bosh murabbiyi No'mon Hasanovning aytishicha, Rayevac katta ehtimol bilan mavsumni Qo'qonda boshlaydi. Filip jarohati bo'lishiga qaramay, o'tgan mavsum oliy ligada 7ta gol kiritgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia