“Bunyodkor”-“Qo'qon-1912” prevyu

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2017, 10:02
Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan uchrashuvlarning birida “Bunyodkor” va “Qo'qon-1912” klublari Toshkentda to'qnash kelishadi. Mazkur o'yinga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.


O'zaro o'yinlar

Bu jamoalar Oliy ligada bugunga qadar to'rt marta ro'baru kelishgan.

Uchrshuvlarning barchasida “Bunyodkor” g'alabaga erishgan. Hozirga qadar vakillarimiz gol ura olmagan klub – “Bunyodkor” bo'lib turibdi. To'rtta uchrashuvdan beri vakillarimiz “Bunyodkor” darvozasiga yo'l topa olishmayapti.

“Qo'qon-1912” chempionatni yuqori suratda davom ettirmoqda. No'mon Hasanov shogirdlarining chempionat doirasidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 100 kundan oshganini etirof etish joiz.

Toshkentdagi bahsni Agishev  boshqaradi

16 iyun kuni bo'lib o'tadigan “Bunyodkor” – “Qo'qon-1912” uchrashuvini Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo'lishdi.

Bungacha ushbu hakam jamoamizning bitta  uchrashuvida ishlagan. Agishev 14 aprel kuni bo'lib o'tgan “Mashal” – “Qo'qon-1912” o'yinini boshqargan.

Oliy liga
13-tur. 16 iyun, juma
Bunyodkor (Toshkent) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

Boshlanish vaqtlari
“Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuv 16 iyun kuni soat 19:00da start oladi. 15 iyun kuni esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. O'rinbosarlar bahsi soat 18:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz