"Bunyodkor" futzalchisi 2 o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Tolibjon Qosimov
24 fev 2021, 12:33
O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra "Bunyodkor" futzalchisi Jasur Sodiqovga nisbatan intizom sankciyasi qo'llanildi.

Futzal Oliy ligasi 11-turi doirasidagi "HUAXIN Jizzax" - "Bunyodkor" uchrashuvida "Bunyodkor" futzalchisi Jasur Sodiqov to'p uchun kurash vaqtida raqib jamoa o'yinchisining qorin qismiga urgani uchun 2 o'yinga diskvalifikaciya qilindi va moddiy jarimaga tortildi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz