"Bunyodkor" futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativ test topshirishdi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2019, 12:21
Xabaringiz bor, Superliga klublari futbolchilarining jismoniy holati O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

Kecha "Bunyodkor" a'zolari tushdan so'ng Bunyodkor akademiyasi maydonida mazkur test-sinovlarini topshirishdi.

Testni O'FAning Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi xodimi pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseev boshchiligidagi mutaxassislar qabul qilishdi. Futbolchilarimiz 30 metrga yugurish, uzunlikga sakrash, 7x50  metrga yugurish, Yo-Yo test sinovlari bo'yicha normativlar topshirishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia